add

2026 yildan davlat shifoxonalari haftasiga besh kunlik ish rejimiga o‘tadi

Bugun 19:431372

Shuningdek, prezident qarori bilan har yili 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining ipoteka krediti asosida sotib oladigan uy-joyining dastlabki badal to‘lovining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

2026 yildan davlat shifoxonalari haftasiga besh kunlik ish rejimiga o‘tadi

O‘zbekiston prezidentining «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yildan boshlab davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi.

2026 yil 1-yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining 25 foizi qoplab beriladi.

Bundan tashqari, qaror bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi va yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalarni chop etish bilan bog‘liq xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Teglar

Mavzuga oid

2026 yildan davlat shifoxonalari haftasiga besh kunlik ish rejimiga o‘tadi | Vaqt.uz