add

75 mingdan ziyod xorijliklar davolanish uchun O‘zbekistonni tanlagan

Bugun 15:302561 daqiqa

2025 yilning o‘n oyida asosan qo‘shni davlat fuqarolari tibbiy xizmatlar uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

75 mingdan ziyod xorijliklar davolanish uchun O‘zbekistonni tanlagan

2025 yilning yanvar–oktabr oylarida 75 ming 666 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatda tibbiy xizmatlar sifatining oshishi va tibbiy turizm salohiyati izchil kengayayotganini ko‘rsatadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlarning asosiy qismini qo‘shni davlatlar fuqarolari tashkil etgan. Eng katta ulush Tojikiston hissasiga to‘g‘ri kelib, ushbu mamlakatdan 53 ming 45 nafar bemor tashrif buyurgan.

Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iziston Respublikasi bo‘lib, bu davlatdan 13 ming 38 nafar fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun O‘zbekistonga kelgan. Qozog‘istondan kelgan bemorlar soni esa 6 ming 979 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, Rossiyadan 1 ming 709 nafar, Afg‘onistondan 533 nafar va Turkmanistondan 215 nafar fuqaro davolanish maqsadida O‘zbekistonni tanlagan. Bu mamlakatlardan kelgan bemorlar asosan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar va rejali davolanishni afzal ko‘rmoqda.

Shuningdek, Turkiyadan 43 nafar, AQSHdan 15 nafar, Xitoydan 14 nafar va Ozarbayjondan 10 nafar fuqaro mamlakat tibbiyoti xizmatlaridan foydalangan. Yana 65 nafar bemor boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislar fikricha, zamonaviy klinikalar, malakali shifokorlar va nisbatan arzon xizmatlar O‘zbekistonni mintaqa uchun tibbiy turizm markaziga aylantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Teglar

Mavzuga oid