add

Afg‘onistondan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi

18.09.2025 | 10:0044963

Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Afg‘onistondan olib kirilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar tezkor tadbirlarda qo‘lga olindi.

Afg‘onistondan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘istonda Afg‘onistondan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi. Birinchi holatda Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan kiritilgan 9 kg 896 gramm «gashish» Yozyovon tumanidagi dala maydonida yashirilgan holda saqlanar edi. Uni olib ketishga uringan Marg‘ilon shahrida yashovchi xususiy tadbirkor va uning sherigi ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shaxslarning u yonidan 14,5 ming AQSH dollari va 6,25 mln so‘m ham rasmiylashtirib olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida ularning sherigi yashash uyidan 110 gramm «opiy», elektron tarozilar va pul mablag‘lari topildi. Ikkinchi holatda esa, To‘rtko‘l va Xazorasp tumanlari fuqarolari Afg‘onistonlik narkosavdogarlardan katta miqdorda giyohvand moddalar buyurtma qilgani aniqlandi. Ularning rejasiga ko‘ra, ajal og‘usi Surxondaryo orqali olib o‘tilib, To‘rtko‘l tumanidagi xufiya joyda saqlanishi kerak edi. Tezkor tadbirda ular 6 kg 149 gramm «opiy» va 9 kg 814 gramm ko‘knori somonini olayotganda ushlandi. Hozirda barcha shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov doirasida ularning jinoiy aloqalari aniqlanmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu moddalar Farg‘ona vodiysi va boshqa hududlarda sotilishi rejalashtirilgani qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid