Logo

«Asia Alliance Bank» ATB Mayamida bo‘lib o‘tayotgan SIBOS 2026 forumida xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda

Bugun 13:112 daqiqa

Joriy yilning 28-sentabrdan 1-oktabrga qadar AQSHning Mayami shahrida jahon moliya industriyasining eng nufuzli yillik tadbirlaridan biri — xalqaro SWIFT tizimi SIBOS 2026 forumi bo‘lib o‘tmoqda.

«Asia Alliance Bank» ATB Mayamida bo‘lib o‘tayotgan SIBOS 2026 forumida xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda

Mazkur forum an’anaviy tarzda dunyoning yetakchi banklari, transmilliy korporatsiyalari va texnologik kompaniyalarining qariyb 10 ming nafar asosiy vakilini bir maydonda jamlab, global biznes va moliyaviy texnologiyalar kelajagini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Nufuzli sammit ishida «Asia Alliance Bank» ATB rahbariyati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bankning forumdagi ishtirokidan asosiy maqsad — xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni kengroq jalb etish hamda mijozlar uchun xalqaro hisob-kitob infratuzilmasini yanada kengaytirishdan iborat.

Forum doirasidagi uchrashuvlar bank uchun allaqachon muhim amaliy natijalar va qator strategik kelishuvlarga zamin yaratdi:

— Biznesni rivojlantirish uchun 7,5 mln yevro: Bank Germaniyaning yirik tijorat banklaridan biri — LBBW (Landesbank Baden-Württemberg) bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Jalb etilgan mablag‘lar bank mijozlarining tashqi savdo loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;

— AQSH dollaridagi hisob-kitoblar uchun yangi imkoniyatlar: Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki bilan AQSH dollarida vakillik hisobvarag‘i ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hamkorlik bank mijozlariga xalqaro tranzaksiyalarni yanada tezkor va ishonchli amalga oshirish imkonini beradi;

— G‘aznachilik operatsiyalarini rivojlantirish: Belarusning «Priorbank» OAJ bilan Bosh kelishuv imzolandi. Ushbu kelishuv qo‘shma g‘aznachilik va moliyaviy operatsiyalarni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi;

— Jahon moliya bozorining yetakchisi bilan hamkorlik: Buyuk Britaniyaning yirik moliyaviy guruhi — Standard Chartered Bank bilan maxfiylik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolandi. Bu banklararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ishlarning yangi bosqichini boshlab beradi.

SIBOS 2026 forumidagi faol ishtirok va jahon moliya bozorining nufuzli yetakchilari bilan erishilgan kelishuvlar «Asia Alliance Bank» ATBning ishonchli, jadal rivojlanayotgan va xalqaro hamkorlikka ochiq moliyaviy institut sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.

Bank xalqaro maydonda O‘zbekiston biznesini qo‘llab-quvvatlash, mijozlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish va moliyaviy xizmatlarini muntazam takomillashtirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

Teglar

Mavzuga oid