O‘zbekiston ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylandi
Olimpiadada faqatgina Muhiddin Madimov ukrainalik raqibi Roman Dehtyarovni yutdi. Qolgan ishtirokchilar – Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovlar esa o‘yinni durrang bilan yakunladi.
© Ijtimoiy tarmoqlarShaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilayotgan olimpiadada ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 11-turda Ukraina bilan bahsni yakunlamasdan turib chempionlikni rasman kafolatladi. Bunga asosiy raqib Hindistonning Vengriya bilan durang qayd etgani sabab bo‘ldi. Natijada O‘zbekiston turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17. Mamlakat musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tiklab, 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSH mag‘lub etdi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi. Nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.
Olimpiadada faqatgina Muhiddin Madimov ukrainalik raqibi Roman Dehtyarovni yutdi. Qolgan ishtirokchilar – Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovlar esa o‘yinni durrang bilan yakunladi. Natijada O‘zbekiston Ukrainaga qarshi o‘yinda 2,5:1,5 hisobida g‘olib bo‘ldi.

