add

Avgust oyida iste’molchilariga 99,8 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarildi

30.09.2025 | 18:1532482

Mamlakat bo‘ylab qaytarilgan keshbekning asosiy qismi Toshkent Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan – 41,8 mlrd so‘m.

Avgust oyida iste’molchilariga 99,8 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarildi
Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 26 sentyabr holatiga jami 121,8 mln chek bo‘yicha keshbek to‘lovlari amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich raqamli savdo operatsiyalari hajmi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Eng katta to‘lovlar Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan – 41,8 mlrd so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 8,2 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyati 7,1 mlrd so‘m, Samarqand viloyati 6,9 mlrd so‘m va Namangan viloyati 5,2 mlrd so‘m bilan qayd etilgan. Hududlar bo‘yicha taqsimot aholining chek orqali to‘lov qilish faolligi va savdo aylanmasi yuqori bo‘lgan hududlarda keshbek qaytarish ham ko‘proq ekanini anglatadi. Keshbek olish uchun iste’molchilar davlat soliq organlari platformalari orqali Face ID identifikatsiyasidan o‘tishi lozim. Bu jarayon tizim xavfsizligi va to‘lovlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Teglar

Mavzuga oid