Logo

Bayram kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilmoqda?

Bugun 14:381 daqiqa

31-avgust kunidan boshlab O‘zbekistonda havo asta-sekin salqinlashib, +25...+30 darajagacha pasayadi.

Bayram kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilmoqda? © president.uz

Yozning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududining katta qismida biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati asosan +33...+38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +39...+40 darajagacha bo‘ladi.

Avgust oyining so‘nggi kunlarida esa mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlarida salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va 31-avgustga kelib kunduzgi harorat 25-30 darajagacha pasayadi.

1-sentabr kuni nisbatan salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, havo harorati +3...+5 darajaga pasayadi.

Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida bugun va ertaga biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 28-30-avgustda +35...+38 daraja, 31-avgustda +34...+36 daraja, 1-sentabrda +30...+32 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +20...+22 daraja, 1-sentabrda +16...+18 daraja bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 metrgacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Bayram kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilmoqda? | Vaqt.uz