add

Bola puli miqdori oshdi, ammo uni oluvchilar soni ikki barobarga kamaydi

So‘nggi bir yilda O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy nafaqalarni oluvchilar soni keskin qisqardi, ammo to‘lov miqdorlari ko‘tarildi.

Bola puli miqdori oshdi, ammo uni oluvchilar soni ikki barobarga kamaydi
2024 yil boshida 1,9 mln oila bola puli olgan bo‘lsa, 2025 yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 774 mingta oilagacha tushgan. Bir yil ichida 1,1 mln oila ushbu yordam turidan mahrum bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, mablag‘lar hajmi ortib borgan: 2024 yil yanvarda 888,7 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2025 yilning birinchi choragida bu miqdor 1,16 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu esa — oluvchilar soni kamayganiga qaramay, to‘lovlar miqdori oshganini anglatadi. Hududlar kesimidagi tahlilga ko‘ra, eng katta qisqarish Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryoda qayd etilgan. Masalan, Qashqadaryoda bola puli oluvchi oilalar soni 225 mingdan 44 mingga tushgan. 2025 yil iyuldan bola puli miqdori 10 foizga oshirilishi belgilangan. Hozirda 3 yoshgacha bolalar uchun to‘lov 325 ming so‘mni tashkil qilmoqda (iyuldan 360 ming so‘m bo‘ladi), 3 yoshdan katta bolalar uchun — 250 ming so‘m (275 ming so‘m bo‘ladi), ikkinchi farzand uchun 150 ming so‘m (165 ming so‘mgacha), uchinchi va undan keyingilar uchun 100 ming so‘mdan (110 ming so‘mgacha) belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid

Bola puli miqdori oshdi, ammo uni oluvchilar soni ikki barobarga kamaydi | Vaqt.uz