add

Braziliya sobiq prezidenti 27 yilga qamaldi

12.09.2025 | 12:4011444

Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishi urinishida ayblanib, 27 yilu 3 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Braziliya sobiq prezidenti 27 yilga qamaldi
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishi urinishda ayblanib, 27 yilu 3 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Jair Bolsonaru mamlakat tarixida demokratiyaga hujum qilgani uchun sudlangan ilk prezident sifatida qayd etildi, deya yozmoqda Reuters. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Bolsonaru beshta: qurolli uyushmaga a’zo bo‘lish, demokratiyani kuch bilan yo‘q qilishga urinish, davlat to‘ntarishi rejasi va hukumat mulki hamda madaniy ob’ektlarga zarar yetkazish jinoyatlarida aybdor deb topilmoqda. Sudya Karmen Lusiyayaning fikricha, Bolsonaruning harakatlari demokratiyani zaiflashtirishga qaratilgan. Bu ayblovlar AQSH hukumati tomonidan keskin tanqidlarga uchradi. AQSH davlat kotibi Marko Rubio o‘z X sahifasida bu hukmni «jodugar ovi», ya’ni deb atadi va Qo‘shma Shtatlar buni javobsiz qoldirmasligini aytdi. Donald Tramp esa Bolsonaruni qo‘llab-quvvatlab, hukmni «dahshatli narsa» deya baholadi. Braziliya Tashqi ishlar vazirligi AQSH izohlarini demokratiyaga tahdid deb hisoblab, mamlakat bu bosimlarga e’tibor bermasligini bildirdi. Siyosatchi hozir uy qamog‘ida bo‘lib, o‘zini siyosiy ta’qib qurboni deb hisoblaydi. Advokatlari hukmni «ortiqcha qattiq» deb baholab, xalqaro miqyosda apellyatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oliy sudning besh nafar sudyasi ishda ishtirok etgan bo‘lsa-da, qaror bir ovozdan chiqmagan. Sudya Luis Fuks Bolsonaruni oqlash tarafdori bo‘ldi. Bu qaror ustidan apellyatsiya kelgusi 2026 yilgi prezident saylovlari arafasida siyosiy bahslarni yanada kuchaytirishi mumkin. Jair Bolsonaru 2019–2022 yillarda prezidentlik qilgan. Uning siyosiy yo‘li armiyadagi xizmatdan so‘ng mahalliy kengash va Kongress orqali prezidentlikkacha ko‘tarildi. Ammo pandemiya davridagi siyosatlari, Amazoniyadagi deforastiyaga yo‘l qo‘yishi va 2022 yilgi mag‘lubiyatini tan olmagani siyosiykarerasining pasayishga olib keldi.

Teglar

Mavzuga oid