Samarqanddagi to‘rtta oliygoh qayta tashkil etiladi

Bugun 19:201 daqiqa

Prezident qarori bilan Samarqanddagi bir nechta universitet va filiallar birlashtirilib, yangi texnika universiteti tashkil etiladi.

Samarqanddagi to‘rtta oliygoh qayta tashkil etiladi © Foto: fiep.admission.samdu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat Samarqand viloyatidagi qator oliy ta’lim muassasalarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutadi.

Qarorga muvofiq, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

Shuningdek, Samarqand davlat universitetiga «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti» Samarqand filiali qo‘shib olinadi.

Filiallar birlashtiriladi

Qaror bilan Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universitetining Urgut filiali qo‘shib olinadi.
Mazkur filial negizida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Yana bir muhim o‘zgarish sifatida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga «Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti» Samarqand filiali qo‘shib olinadi.

Xorijiy stajirovkalar boshlanadi

Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan mazkur qarorda ko‘zda tutilgan oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari va doktorantlari xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarga yuboriladi.

Shuningdek, 2027/2028 o‘quv yilidan Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

Teglar

Mavzuga oid