O‘zbekistonning Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 50 foizdan ortiq o‘sdi

Qo‘shni davlat O‘zbekistondan nimalar sotib olayotgani va O‘zbekistonliklar ulardan nimalar import qilayotgani ma’lum bo‘ldti.

O‘zbekistonning Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 50 foizdan ortiq o‘sdi © novosti.tj

2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 284,3 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2025-yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 95,6 million dollarga yoki taxminan 50,7 foizga oshgan. O‘tgan yilning yanvar–aprel oylarida ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 188,7 million dollarni tashkil etgan edi.
O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi 26,3 milliard dollar bo‘lgani hisobga olinsa, Tojikistonning ulushi hozircha nisbatan kichik – taxminan 1,1 foizni tashkil qiladi. Biroq dinamika 2025-yilda qayd etilgan pasayishdan keyin savdo aloqalari sezilarli darajada jadallashayotganini ko‘rsatmoqda.

2 mlrd dollarlik niyat

2026-yil mart oyida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish niyatini bildirgan edi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat hukumatlariga alohida dastur asosida ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirilgan.

Nimalar olti-sotdi qilinadi?

O‘zbekistondan Tojikistonga asosan tabiiy gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar, metall mahsulotlari, qurilish materiallari va maishiy texnika yetkazib beriladi.

Gemini_Generated_Image_wchbkrwchbkrwchb


Tojikiston esa O‘zbekistonga asosan ruh va mis rudalari hamda konsentratlari, elektr energiyasi, ko‘mir, alyuminiy profillari, paxta tolasi va ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi.

Teglar:
SEO taytl: O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasi 284 mln dollarga yetdi 
Meta deskripshn: Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi bir yil ichida 95,6 million dollarga oshdi.

Teglar

Mavzuga oid