To‘rt oyda aholi va biznes vakillari banklarga 18 mlrd dollar valuta sotdi

Bugun 16:551 daqiqa

2026-yilning yanvar-aprel oylarida o‘zbekistonliklar banklarga 8,2 mlrd dollar valuta sotgan bo‘lsa, undan deyarli ikki barobar kam, ya’ni 4,4 mlrd dollar valuta sotib oldi.

To‘rt oyda aholi va biznes vakillari banklarga 18 mlrd dollar valuta sotdi

2026-yil yanvar-aprel oylarida aholi va biznes vakillari banklarga jami 18 mlrd dollarlik xorijiy valuta sotdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 mlrd dollarga yoki 33,9 foizga ko‘pdir.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sotilgan valutaning 8,2 mlrd dollari aholi, 9,8 mlrd dollari esa tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

1



Yuridik shaxslarning xorijiy valutaga talabi ortgan


Hisobot davrida aholi va korxonalar banklardan jami 20,4 mlrd dollarlik xorijiy valuta sotib oldi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 24,3 foizga yoki 4 mlrd dollarga oshgan.

Xarid qilingan valutaning asosiy qismi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi. Korxonalar 16 mlrd dollar sotib olgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilingan valuta hajmi 4,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu esa mamlakatda xorijiy valutaga bo‘lgan talab o‘sishida asosiy ulush biznes subyektlariga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.

2



So‘m mustahkamlandi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida milliy valuta kursi 11 938–12 320 so‘m/dollar oralig‘ida shakllangan. To‘rt oy yakuniga kelib so‘mning AQSH dollariga nisbatan qiymati 0,6 foizga mustahkamlanib, kurs 12 004 so‘mdan 11 938 so‘mgacha pasaygan.

Shuningdek, mazkur davrda almashuv kursi tebranuvchanligi o‘rtacha 28,5 so‘m yoki 0,23 foizni tashkil etgan. Solishtirish uchun, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida bu ko‘rsatkich 13,6 so‘m yoki 0,11 foiz bo‘lgan.

3

Teglar

Mavzuga oid