O‘zbekistonliklar AQSHda noqonuniy ko‘cha poygalarida ayblanib qo‘lga olingani aytilmoqda

Bugun 21:521 daqiqa

Sinsinnati shahrida o‘tkazilgan reyd davomida bir necha kishi qo‘lga olingan.

O‘zbekistonliklar AQSHda noqonuniy ko‘cha poygalarida ayblanib qo‘lga olingani aytilmoqda

AQSHning Ogayo shtatida joylashgan Sinsinnati shahrida noqonuniy ko‘cha poygalari uyushtirganlikda ayblanib bir necha kishi qo‘lga olindi.

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea «Paycor Stadium» stadioni avtoturargohida sodir bo‘lgan. Avtomobil haydovchilari yuqori tezlikda harakatlanib, drift va boshqa xavfli manyovrlarni bajargan.

Vaziyatni nazorat qilish uchun politsiya havodan kuzatuvchi dronlardan foydalangan. Ular chiqish yo‘llarini to‘sib, gumonlanuvchilarning hududni tark etishining oldini olgan.

Mahalliy OAVda e’lon qilingan ma’lumotlarda o‘zbekcha ism-familiyalarga ega shaxslar qo‘lga olingani qayd etilgan. Biroq ularning O‘zbekiston fuqarolari yoki etnik o‘zbeklar ekani tasdiqlanmagan.

Sud majlisida barcha gumonlanuvchilar o‘zlarini aybsiz deb hisoblashini bildirgan. Sud har bir ayblov bo‘yicha 2,5 ming dollar miqdorida garov puli belgilagan.

Hodisaga aloqador transport vositalari politsiya tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonliklar AQSHda noqonuniy ko‘cha poygalarida ayblanib qo‘lga olingani aytilmoqda | Vaqt.uz