Finlandiya Rossiyaning millionlab yevrolik mablag‘ini musodara qildi

Bugun 13:252 daqiqa

Finlandiya Rossiya va Finlyandiya ishtirokidagi transchegaraviy hamkorlik dasturini moliyalashtirish uchun ajratilgan 3,7 million yevrolik mablag‘ni musodara qildi.

Finlandiya Rossiyaning millionlab yevrolik mablag‘ini musodara qildi © ankasam.org

Finlandiya Rossiyaning 3,7 million yevro miqdoridagi mablag‘ini musodara qildi. Bu haqda mamlakatning qarz undirish organi qaroriga tayanib xabar berildi. Musodara qilingan mablag‘ Yevropa Ittifoqining transchegaraviy hamkorlik dasturini moliyalashtirish uchun ajratilgan bo‘lib, loyihada Finlandiya va Rossiya hamkor sifatida ishtirok etgan.

Da’vogar tomon sifatida Ukrainaning davlat energetika kompaniyasi «Naftogaz» hamda uning sho‘’ba korxonalari qatnashgan. Loyiha dastlab ikki mamlakat chegara hududlarini rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan edi.

Avvalgi musodaralar

Finlandiya qarz undirish agentligi avval ham Ukraina tomonining talabiga ko‘ra Rossiya aktivlarini musodara qilgan. Ilgari bunday choralar asosan ko‘chmas mulklarga nisbatan qo‘llangan.

Jumladan, 2023 yilda Finlandiyadagi Rossiya fan va madaniyat markaziga tegishli yer uchastkasi hamda bino musodara qilingan. Keyinchalik, 2025 yilda Finlandiya sudi Rossiya aktivlarini musodara qilish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Naftogaz» talabiga asosan Finlandiya ijro xizmati umumiy qiymati kamida 40 million yevroga baholanadigan o‘nlab Rossiya aktivlarini tortib olgan.

Qrim mojarosi ta’siri

«Naftogaz»ning da’vosi 2023 yildagi Haaga arbitraj sudi qaroriga asoslangan. Sud Rossiyani Qrimda yo‘qotilgan aktivlar uchun kompaniyaga 5 milliard dollar tovon to‘lashga majbur qilgan edi.

Ukraina kompaniyasi Moskva qarorni ixtiyoriy bajarmasa, mablag‘ni xorijdagi Rossiya aktivlari hisobidan majburiy tartibda undirishini bildirgan. Rossiya esa 2019 yildayoq mazkur arbitrajning vakolatini tan olmasligini ma’lum qilgan.

2024 yil oktabrida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Finlandiyaning bu harakatlarini qonunga zid deb baholab, javob choralari ko‘rilishini bildirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Finlandiya Rossiyaning millionlab yevrolik mablag‘ini musodara qildi | Vaqt.uz