Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Bugun 17:441 daqiqa

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi 15 million yevroga oshib, Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi.

Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

«Transfermarkt» Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan futbolchilarning narxini yangiladi. Navbatdagi baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 50 million yevroga yetdi. Bungacha futbolchining bozor qiymati 35 million yevro sifatida baholangan edi.

Yangilangan reyting Husanovning nafaqat klub, balki xalqaro maydondagi nufuzi ham oshib borayotganini ko‘rsatdi. U Premer-ligada narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar qatoriga kirdi va mavsum davomidagi barqaror o‘yini e’tirof etildi.

Osiyo rekordi

Yangi baholashdan keyin Husanov o‘z pozitsiyasida Osiyoning eng qimmat futbolchisi maqomini qo‘lga kiritdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, u qit’a futbolchilari orasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Reytingda yapon futbolchilari Kaishu Sano 40 million yevro va Takefusa Kubo 30 million yevro bilan keyingi pog‘onalardan joy olgan. Bu esa o‘zbekistonlik himoyachining Osiyo futbolidagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini anglatadi.

APLdagi o‘rni

Husanov Angliya Premer-ligasidagi markaziy himoyachilar orasida narxi bo‘yicha 16-o‘ringa ko‘tarildi.

Premer-liganing eng qimmat futbolchisi sifatida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland 200 million yevro bilan yetakchilik qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid