May oyida so‘m dollarga nisbatan qadrsizlandi

Bugun 13:452 daqiqa

Aprel oyida mustahkamlangan so‘m may oyida qaytadan bosim ostida qolib, AQSH dollariga nisbatan 0,5 foizga qadrsizlandi.

May oyida so‘m dollarga nisbatan qadrsizlandi © Ijtimoiy tarmoqlar

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev tahliliga ko‘ra, may oyida o‘zbek so‘mi AQSH dollariga nisbatan 0,5 foizga qadrsizlangan. Bu aprel oyida kuzatilgan ijobiy dinamikadan keyingi o‘zgarish bo‘ldi. O‘tgan oyda milliy valuta dollarga nisbatan qariyb 2 foizga mustahkamlangan edi.

Tahlilga ko‘ra, may oyida dollarning kuchayishi faqat so‘mga nisbatan emas, balki jahonning ko‘plab valutalariga nisbatan ham kuzatilgan. Aprel oyida tanlab olingan 39 ta valutaning 32 tasi dollarga nisbatan mustahkamlangan bo‘lsa, may oyida vaziyat teskari yo‘nalishda rivojlanib, 25 ta valuta dollarga nisbatan qadrsizlangan.

Tenge va rubl dinamikasi

Aprel oyida eng yaxshi natija ko‘rsatgan valutalardan biri bo‘lgan Qozog‘iston tengesi may oyida dollarga nisbatan 5 foizga qadrsizlangan. Bu mintaqadagi valutalar harakati tashqi omillarga qanchalik bog‘liqligini ko‘rsatadi.

0

Manba: Mirkonomika


Shu bilan birga, Rossiya rubli o‘z mustahkamlanishini davom ettirgan. May oyida rubl dollarga nisbatan 5,1 foizga qimmatlashgan. Taqqoslash uchun, aprel oyida ham rubl 8,1 foizga mustahkamlangan edi.

Yirik valutalar holati

Yirik xalqaro valutalar ham may oyida dollarga nisbatan qiymat yo‘qotgan. Britaniya funt sterlingi va Yaponiya iyenasi 1,4 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, Shveysariya franki 0,6 foizga, yevro esa 0,5 foizga arzonlashgan.

Bu holat may oyida AQSH dollarining xalqaro valuta bozorlarida nisbatan kuchayganini va uning ko‘plab milliy valutalarga bosim o‘tkazganini ko‘rsatadi.

So‘mning tebranuvchanligi

tebran

Manba: Mirkonomika

Oy davomida so‘mning kunlik tebranuvchanligi 0,31 foizni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan tebranuvchanlik sezilarli kengaygan

Ammo 2025 yilning mos oyiga nisbatan  volotillik 9,2 foizga pastroq shakllanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid