«Men bo‘lmaganimda qamoqda bo‘larding» Tramp Netanyaxuga po‘pisa qildi

Bugun 10:551 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida uni keskin tanqid qilib, Livandagi harbiy amaliyotlardan noroziligini bildirgan.

«Men bo‘lmaganimda qamoqda bo‘larding» Tramp Netanyaxuga po‘pisa qildi © one.uz

Axios nashrining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga g‘azab bilan qo‘ng‘iroq qilib, undan Livandagi hujumlarni to‘xtatishni talab qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp suhbat davomida Netanyaxuning so‘nggi harakatlarini tanqid qilib, uni «aqldan ozgan» deb atagan.

«Sening toming ketgan. Agar men bo‘lmaganimda qamoqda o‘tirgan bo‘lar eding. Ketingni tozalab yuribman. Hozir hamma seni yomon ko‘radi. Shu sababli hamma Isroilni yomon ko‘radi», degan AQSH prezidenti.

Livandagi harbiy amaliyotlar

Trampning noroziligi asosan Isroilning Livandagi harbiy harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Uning fikricha, bu amaliyotlar natijasida tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib bormoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, AQSH prezidenti ayrim holatlarda «Hizbulloh» qo‘mondonlarini yo‘q qilish maqsadida butun binolar vayron qilinayotganidan xavotir bildirgan. Tramp bunday yondashuv katta gumanitar oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Suhbat davomida Tramp Isroilning Livandagi harakatlari mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ham qayd etgan. U bu siyosat davom etsa, Isroilning xalqaro yakkalanishi yanada kuchayishi mumkinligini aytgan.

Teglar

Mavzuga oid