add

Davlat fuqarolik xizmati yangi tizim asosida yangilanadi

21.06.2025 | 21:3042223

Prezident farmoniga muvofiq, davlat xizmatchilari faoliyatiga yangi yondashuvlar joriy etiladi

Davlat fuqarolik xizmati yangi tizim asosida yangilanadi
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini yangilash, uni natijadorlik va kasbiylikka asoslangan tizimga aylantirish maqsadida Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2025–2026 yillarda davlat xizmatida bir qator islohotlar amalga oshiriladi. Farmonga asosan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Boshqaruv akademiyasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi joriy etiladi. 2026 yildan boshlab davlat xizmatiga yangi qabul qilingan xodimlar bilan shartnoma dastlab bir yilga tuziladi va ijobiy natijalar qayd etilsa, doimiy shartnomaga o‘tiladi. Boshqaruv va yordamchi lavozimlarga qabul faqat Davlat fuqarolik xizmatining yagona portali orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, ish natijalarini baholash KPI va onlayn monitoring tizimi orqali kuzatiladi. Rahbarlar salohiyatini baholash va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “TOP-100” dasturi joriy qilinadi. Milliy va salohiyatli kadrlar zaxirasi ham tashkil etiladi. 2025 yil 1 oktyabrdan xizmat safarlari “Xizmat safari” elektron moduli orqali yuritiladi. 2025 yil sentyabridan davlat xizmatchilarining ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushiriladi. 2026 yil 1 yanvardan esa davlat organlari faolligi bo‘yicha milliy reyting joriy etiladi.Bu choralar davlat xizmatini samarali, ochiq va raqobatbardosh tizimga aylantirishni ko‘zda tutadi.

Teglar

Mavzuga oid