add

Donald Tramp: AQSH Rossiya bilan yadroviy to‘qnashuvga to‘liq tayyor

03.08.2025 | 09:4247144

AQSH prezidenti Donald Tramp yadroviy qurol haqida Medvedev tomonidan aytilgan bayonotlarga javoban, mamlakat Rossiya bilan ehtimoliy to‘qnashuvga to‘liq tayyor ekanini ta’kidladi. U shu maqsadda ikki atom suvosti kemasini Rossiyaga yaqin hududlarga jo‘natganini ma’lum qildi.

Donald Tramp: AQSH Rossiya bilan yadroviy to‘qnashuvga to‘liq tayyor
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonidan sodir etilayotgan tahdidlarga javoban, Vashington yadroviy mojaroga tayyor turishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning «O‘lik qo‘l» tizimi haqidagi bayonotidan so‘ng, AQSH ikki atom suvosti kemasini strategik hududlarga jo‘natgan. Tramp CNNga bergan intervyusida: «Agar yadroviy qurol haqida gapirayotgan bo‘lsak, biz tayyor bo‘lishimiz kerak va biz to‘liq tayyormiz ham», — dedi. Uning ta’kidlashicha, bu harakat Amerika fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bundan avvalroq Tramp o‘ziga tegishli Truth Social platformasida bu suvosti kemalarining jo‘natilishini «juda provokatsion» bayonotlarga javob sifatida baholagan. U Medvedevning so‘zlari «nafaqat muhim, balki ko‘p holatlarda kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin»ligini aytgan. Bundan tashqari, Tramp Kremlga 8 avgustgacha Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun muddat belgilagan. Agar bu talab bajarilmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga qarshi yangi sanksiyalar va 100 foizlik bojlar joriy etilishini ma’lum qildi. U shuningdek, Vladimir Putin «sanksiyalarga mohirlik bilan chap berishni biladi», deb hisoblashini aytgan. Sobiq dengiz kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Erik Reyvenga ko‘ra, Trampning bu qadami yadroviy to‘qnashuvga harbiy tayyorgarlikdan ko‘ra, Moskvaga jo‘natilgan siyosiy signal sifatida baholanmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu diplomatik emas, balki «kuvalda bilan» berilgan signaldir. Shu bilan birga, Tramp Putin Ukrainaning butun hududini nazorat qilishga harakat qilishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, «bu juda murakkab» va «Putin chaqilmas yong‘oq». Prezidentning ta’riflashicha, ular avval yaxshi muzokaralar olib borishgan, ammo keyin bombalar yomg‘irdek yog‘a boshlagan.

Teglar

Mavzuga oid