add

Dunyoda erkaklar va ayollar nisbati e’lon qilindi

21.09.2025 | 12:4525322

Eng katta gender tafovut Rossiyada qayd etilgan. Ushbu mamlakatda ayollar umumiy aholining 63 foizini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich erkaklardan 13 foizga yuqori.

Dunyoda erkaklar va ayollar nisbati e’lon qilindi
Dunyoda aholisi eng ko‘p 20 mamlakatdagi demografik tarkib tahlil qilindi (https://www.voronoiapp.com/demographics/Gender-Balance-in-the-Worlds-Largest-Countries-6612). Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 9 tasida erkaklar, 9 tasida esa ayollar soni ko‘proq. Qolgan ikki mamlakatda esa nisbat mutanosib saqlanmoqda. Erkaklar ulushi eng yuqori mamlakat Hindiston bo‘lib, bu yerda aholining 55,8 foizi erkaklardir. Misr ikkinchi o‘rinda turib, mamlakat aholisining 55,3 foizi erkaklardan iborat. Ayollar soni ko‘pligi bo‘yicha Yaponiya Rossiyadan keyingi o‘rinda. Bu yerda aholining 55,5 foizi ayollardir. Indoneziya va Kongoda esa gender muvozanati teng holatda: har ikki jins aholining 50 foizidanini tashkil etadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi demografik tafovutlar mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy muhit va sog‘liqni saqlash tizimidagi farqlar bilan izohlanishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid