add

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga qariyb 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi

29.10.2025 | 10:554421

Ularning orasida eng yuqori ulush Meta, Apple va Google kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga qariyb 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 124,8 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 44 foizga o‘sganligi kuzatildi.

Jumladan, to‘langan soliqlarning 93 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

Meta – 35,2 mlrd so‘m;

Apple – 35,1 mlrd so‘m;

Google – 31,2 mlrd so‘m;

OpenAI – 4,7 mlrd so‘m;

Booking.com – 2,9 mlrd so‘m;

TikTok – 2,6 mlrd so‘m;

Netflix – 1,3 mlrd so‘m;

Acca – 1,1 mlrd so‘m;

Zoom – 1,1 mlrd so‘m;

Adobe – 1 mlrd so‘m.

Ma’lumot uchun, avvalroq 2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolishi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga qariyb 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi | Vaqt.uz