add

Endi har bir bankda kiberxavfsizlik xizmati tashkil etiladi

19.08.2025 | 17:4538333

O‘zbekiston tijorat banklari va ularning filiallarida axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha minimal talablar belgilandi.

Endi har bir bankda kiberxavfsizlik xizmati tashkil etiladi
Adliya vazirligi 18 avgust kuni «Tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida»gi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjatga ko‘ra, har bir bankda maxsus Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati tashkil etiladi. Ushbu xizmat: Bank axborot aktivlarini himoya qilish; To‘lov ma’lumotlarini noqonuniy o‘zgartirish holatlarining oldini olish; Bank yoki mijozlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kiberhujumlarni bartaraf etish uchun javobgar hisoblanadi. Shuningdek, har bir bank axborot xavfsizligiga oid ichki siyosat ishlab chiqishi va qabul qilishi shart. Nizomga ko‘ra, banklar ma’lumotlar bazasi sozlanishlarida xatoliklarni oldini olishi va tajovuzkorlar tomonidan ma’lumotlar bazasiga kirish, parollarni o‘zlashtirish, tizim fayllariga aralashish, zararli dastur o‘rnatish yoki serverga masofadan hujum qilish ehtimolini cheklashi zarur. Tarmoqlararo ekran qurilmalari va proksi-serverlarning elektron bayonnomalari doimiy tahlil qilinib, tashqi hujumlar aniqlanganda bu haqda Markaziy bankka darhol xabar beriladi. Yangi nizom bank tizimida axborot xavfsizligini kuchaytirish, mijozlar mablag‘larini himoya qilish va moliya sektorini kiberxavfsizlik talablariga moslashtirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid