add

Go‘sht, sut, yog‘ qimmatlashdi: aholi nimadan xavotirda?

14.08.2025 | 15:005916

Markaziy bank iyul oyida o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholi va tadbirkorlar kommunal xizmatlar, energiya resurslari hamda oziq-ovqat narxlari yana oshishidan xavotirlanmoqda.

Go‘sht, sut, yog‘ qimmatlashdi: aholi nimadan xavotirda?
Markaziy bank tomonidan 2025-yil iyul oyida inflyatsion kutilmalar to‘g‘risida o‘tkazilgan so‘rovnomada jami 3 ming 860 nafar respondent ishtirok etdi. Unga ko‘ra, aholining kelgusi 12 oylik inflyatsiya kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foiz bandiga kamayib, 12,9 foizni tashkil etdi. Biroq biznes sub’ektlari orasida pessimizm kuchayib, ularning inflyatsiya kutilmalari 12,1 foizga (+0,3 foiz) oshdi. Har ikki guruh ham kommunal xizmatlar, yoqilg‘i-energetika resurslari narxining qimmatlashishi, shuningdek, ish haqi va nafaqalar oshishidan xavotirda. Kafe va restoran egalari (14,3 foiz) ham, xodimlari (14,5 foiz) ham eng yuqori inflyatsiya darajasini kutmoqda. Ma’lumot uchun, «Veolia Energy Tashkent» 1 oktyabrdan aholi, yuridik shaxslar va byudjet tashkilotlari uchun issiq suv va isitish narxlarini sezilarli oshirishni taklif qildi. Aholining kommunal to‘lovlar borasidagi xavotiri, balki, o‘rinlidir.

Hududlar kesimida ko‘rsatkich qanday?

Eng yomon kutilmalar poytaxtda qayd etildi. Toshkentda aholi inflyatsiyani 16 foiz (+0,8 foiz), biznes esa 13,8 foiz (+0,2 foiz) darajasida prognoz qilmoqda. Poytaxtliklarning 38 foizi kelgusi bir yil ichida narxlar 17 foizdan ham ko‘proq oshadi, deb o‘ylaydi.

Kimlar xavotirda?

Inf wait 03 Oylik daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lganlar narxlar ko‘proq oshadi, deb hisoblamoqda. Ayniqsa, 15 mln so‘mdan ortiq daromad topuvchilarning kutilmalari (15,7 foiz) eng yuqori darajada.

Go‘sht, sut, yog‘ qimmatlashdi

Go‘sht va sut narxlari yuqori darajada qimmatlashganini so‘rovnoma ishtirokchilarining 58 foizi tasdiqlagan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 5 foiz bandiga ko‘p. Ifl wait 02 Ma’lumot uchun, poytaxt hokimligi 3 avgust kuni bozorlarda arzonlashtirilgan go‘shtlar rastasi tashkil qilingani haqida xabar bergan edi. Biroq bu faqat import go‘shtlarga taalluqli bo‘lib, mahalliy go‘sht narxida hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan. Bundan tashqari, iyun oyida go‘sht narxi 3,5 foizdan 10 foizgacha oshgan. Shuningdek, o‘simlik yog‘i narxi oshganini sezganlar ulushi 2 foiz bandiga ko‘payib, so‘ralganlarning 23 foizini tashkil etgan. Iqtisodchi Otabek Bakirov narxlar oshishini paxta bilan bog‘ladi: «Paxta narxiga zararli ma’muriy aralashuvning oqibatlari va yomon prognozlar haqida o‘sha paytdayoq aytilgandi. Mana, rag‘batning o‘ldirilishi ortidan terib olinmagan paxta tufayli yem qimmat va go‘sht-sut qimmat, yog‘ qimmat». Bu hali hammasi emas. Oy davomida dorilar, meva-sabzavotlar va ta’lim xizmatlari narxi qimmatlashganini aytganlar soni ham ko‘paygan.

Odamlar inflyatsiyani sezdimi?

Sezilgan inflyatsiya umumiy hisobda 13,3 foizgacha (-0,1 foiz) tushdi. Lekin Toshkentda u aksincha, 16,4 foizgacha (+0,2 foiz) oshdi. Inf wait 03 Oylik daromadi 15 mln so‘mdan yuqori bo‘lganlarda bu ko‘rsatkich keskin ko‘tarilib, 17,7 foizga yetdi. Shuningdek, o‘rtahol (4–7 mln so‘m) va kam daromadli (2 mln so‘mgacha) aholi qatlamida ham narxlar oshganidan xavotir ortayotgani qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda umumiy inflyatsiya 8,7 foizga tushgan edi. Biroq 105 turdagi tovar va xizmatlar narxi 10 foizdan ko‘proqqa o‘sgan.

Mahliyo Hamidova tayyorladi

Teglar

Mavzuga oid

Go‘sht, sut, yog‘ qimmatlashdi: aholi nimadan xavotirda? | Vaqt.uz