Logo

Ikki xil O‘zbekiston: davlat va xususiy maktab o‘quvchilari hayot maydonida to‘qnashganda... | Fikr vaqti

Bugun 17:551 daqiqa

«Davlat maktabida sifat qancha tushsa, sizning biznesingiz shuncha gullab-yashnaydi...» Dasturimizning bu galgi sonida «Algoritm» va «Sodiq School» asoschilari – Bahodir G‘aniyev hamda Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq bilan ta’limdagi tengsizlik, kadrlar inqirozi va sohaning parda ortidagi achchiq haqiqatlarini muhokama qildik.

Bir tomondan – davlat maktablaridagi o‘quvchilar sonining haddan tashqari ko‘pligi va sifat muammosi. Ikkinchi tomondan esa sifat bor-u, oylik to‘lovi qimmat xususiy maktablar. Qaysi tomonni tanlash borasida ota-onalarni jiddiy o‘yga toldiradigan masala, a?

Ta’limning davlat xizmat ko‘rsatadigan qismi haqida dasturlarimiz davomida ko‘p gaplashganmiz. Dasturimizning bu safargi soni esa uning ikkinchi – xususiy ta’lim qismi muhokamasiga bag‘ishlanadi.

Xo‘sh, bugun O‘zbekistonda maktab ta’limining bu shakli qanday ahvolda, uning yutuq va muammolari nimada? Ota-onalar farzandini ta’limning qaysi shaklida o‘qitgani ma’qulroq? Xususiy ta’limga o‘zi qanday qarash kerak: u ta’lim tizimi xalaskorimi yoki faqat biznesmenning biznesi? Bolasini xususiy maktabda o‘qitolmaydigan ota-onalar-chi, ular nima qilsin?

Mavzuga oid shu va boshqa savollarga Toshkentdagi ikki xususiy maktab – “Algoritm” va “Sodiq school” asoschilari – Bahodir G‘aniyev va Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq bilan birga javob izladik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 129

Barchasi

Mavzuga oid

Ikki xil O‘zbekiston: davlat va xususiy maktab o‘quvchilari hayot maydonida to‘qnashganda... | Fikr vaqti | Vaqt.uz