add

Ilon Mask 600 milliard dollarlik boylikka ega birinchi inson bo‘ldi

Bugun 10:153872 daqiqa

SpaceX qiymatining keskin o‘sishi Maskni tarixdagi eng boy inson sifatida yangi bosqichga olib chiqdi.

Ilon Mask 600 milliard dollarlik boylikka ega birinchi inson bo‘ldi

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 600 milliard dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan tarixdagi birinchi insonga aylandi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Maskning umumiy aktivlari qiymati so‘nggi oylarda kompaniyalari bahosining tez o‘sishi ortidan keskin oshgan. Bu natija uni dunyodagi ilk dollar trillioneri bo‘lish ehtimoliga yanada yaqinlashtirmoqda.

Oktyabr oyida Mask boyligi 500 milliard dollarga yetgan ilk shaxs sifatida qayd etilgan edi. Dekabr o‘rtasida esa u asos solgan SpaceX kompaniyasi 800 milliard dollarga baholandi. Bu ko‘rsatkich avgust oyida 400 milliard dollar atrofida bo‘lgan, ya’ni qisqa vaqt ichida kompaniya qiymati ikki barobarga oshgan.

Mask SpaceX aksiyalarining 42 foiziga egalik qiladi. Shu bois kompaniya bahosining o‘sishi uning shaxsiy boyligini 168 milliard dollarga ko‘paytirib, taxminan 677 milliard dollarga yetkazgan. Hozirda SpaceX’dagi ulushi 336 milliard dollar deb baholanib, bu Mask aktivlari orasida eng qimmat hisoblanadi.

Kompaniya 2026 yilda birjaga chiqishni rejalashtirmoqda. Mutaxassislar SpaceX’ning ehtimoliy IPO’si tarixdagi eng yirik joylashuvlardan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, hatto IPO o‘tkazilmasa ham, kompaniyaning hozirgi bahosi Maskni dunyodagi eng boy inson sifatida mustahkamlab qo‘yadi.

Ilon Maskning Tesla’dagi 12 foizlik ulushi 197 milliard dollarga baholanmoqda. Shuningdek, Grok chat-botini yaratgan xAI Holdings kompaniyasi 230 milliard dollarlik qiymat bilan yangi investitsiya jalb qilish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Tahlilchilar 2027 yilga borib Mask dunyodagi ilk dollar trillioneriga aylanishi mumkinligini istisno etmayapti.

Teglar

Mavzuga oid