
Ilon Mask dunyoda 500 mlrd dollarlik boylikka erishgan ilk inson bo‘ldi
13.10.2025 | 09:017393
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskning boyligi 500 mlrd dollarga yetdi. Undan keyingi o‘rinlarda Oracle muassisi Larri Ellison va Meta rahbari Mark Sukerberg qayd etilgan.

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask dunyoda birinchi bo‘lib boyligi 500 mlrd dollarga yetgan inson bo‘ldi. Bu haqda Forbes Real-Time Billionaires reytingi ma’lum qildi.
Maskning mulki 500 mlrd dollarga yetgan, kun yakunlariga kelib esa uning umumiy boyligi 499,1 mlrd dollar sifatida qayd etilgan.
Maskning boyligi o‘sishiga Tesla aksiyalarining tiklanishi, shuningdek, sun’iy intellekt sohasidagi xAI startapi va SpaceX kosmik kompaniyasi qiymati oshishi ta’sir qilgan. Yil boshidan beri Tesla aksiyalari taxminan 14 foizga o‘sgan.
Forbes ro‘yxatida Maskdan keyingi o‘rinlarda Oracle asoschisi Larri Ellison va Meta rahbari Mark Sukerberg joy olgan. Ushbu uchlik hozirda dunyodagi eng boy texnologiya sohasi tadbirkorlari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskning boyligi ilk bor 2020 yil avgust oyida 100 mlrd dollardan oshgan, 2021 yil yanvar oyida esa u 190 mlrd dollar bilan dunyodagi eng boy odam degan unvonni qo‘lga kiritgan edi.
bugungi kunda Maskning aktivlari Tesla’ning elektromobil ishlab chiqarishi, SpaceX orqali kosmos sohasidagi yetakchilik va xAI startapi orqali sun’iy intellekt sohasidagi ulushiga tayanadi.





