add

Ilon Mask: «Pul yo‘qoladi, kelajakda iqtisodiyot energiya bilan o‘lchanadi»

Bugun 07:583091

Tesla rahbari kelajakda qiymat vattlarda ifodalanishi, pul esa energiya birliklari bilan almashinishini haqidagi. Fikrlarni ilgari surdi.

Ilon Mask: «Pul yo‘qoladi, kelajakda iqtisodiyot energiya bilan o‘lchanadi»

Tesla kompaniyasi aksiyadorlari yig‘ilishida so‘zga chiqqan Ilon Mask inson sivilizatsiyasi iqtisodiyoti energiya asosida qayta shakllanishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pul shaklidagi an’anaviy moliyaviy vositalar kelajakda mavjud bo‘lmasligi mumkin va ularning o‘rnini energiya — aniqrog‘i, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish imkoni bilan bog‘liq vattlar egallashi mumkin.

«Kelajakda pul umuman bo‘lmasligi mumkin. Qiymat qancha energiya ishlab chiqarishingiz mumkinligi orqali — vattlarda o‘lchanishi ehtimoldan holi emas», — dedi Mask aksiyadorlar oldidagi chiqishida.

Bu g‘oya Ilon Maskning avvalroq Dubaydagi Jahon hukumat sammitida bildirgan fikrlari bilan hamohang. U yerda u sun’iy intellekt, avtomatizatsiya, global boshqaruv, transport va ta’lim islohotlari kabi muhim mavzularni muhokama qilgan. Mask inson aqlining taqsimlanishi, SI ta’siri, infratuzilma loyihalari va global munosabatlar kelajagi haqida ham mulohaza bildirgan edi.

Tesla rahbariga ko‘ra, sun’iy intellekt va energiya generatsiyasi inson sivilizatsiyasidagi markaziy resurslardan biriga aylanmoqda. Agar bu ikki omil bo‘yicha nazorat va tenglik ta’minlansa, dunyo iqtisodi ham yangi shakl — «energetik iqtisodiyot» sari intiladi.

Avvalroq Ilon Mask sun’iy intellekt (SI) va robototexnika shiddat bilan rivojlanishi natijasida yaqin yillarda odamlar uchun ishlash zarurati deyarli yo‘qolishi haqida gapirganini xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Ilon Mask: «Pul yo‘qoladi, kelajakda iqtisodiyot energiya bilan o‘lchanadi» | Vaqt.uz