add

Ilon Mask raqobatchi loyiha bilan Vikipediyani «o‘ldirmoqchi»

03.10.2025 | 11:3031803

Milliarder Ilon Mask «Grokipedia» nomli onlayn-ensiklopediya ishga tushirilishini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, loyiha Vikipediyadan ko‘ra «ancha yaxshiroq va to‘liqroq» bo‘ladi.

Ilon Mask raqobatchi loyiha bilan Vikipediyani «o‘ldirmoqchi»
Ilon Mask yangi global onlayn-ensiklopediya loyihasi — Grokipedia ustida ish boshlanganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, yangi resurs Vikipediyaning «asosiy kamchiliklarini bartaraf etish» va undan kuchliroq manba bo‘lishni maqsad qiladi. Mask yillar davomida Vikipediya bilan tortishib kelayotgan edi. Xususan, u Donald Tramp inauguratsiyasidagi harakatlari haqida maqola chiqqani uchun qattiq norozilik bildirgan va hatto platformaga moliyalashni to‘xtatishga chaqirgandi. Shu sababdan u o‘zining xAI kompaniyasi bilan birga yangi raqobatchi loyihani ishlab chiqishga kirishdi. Yangi servisning asosini Grok chat-boti tashkil etadi. U xAI tomonidan ChatGPT’ga muqobil sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, internetdagi ochiq ma’lumotlar, jumladan, Twitter’dagi postlar asosida o‘qitilgan. Maskning so‘zlariga ko‘ra, Grok Vikipediya sahifalarini tahlil qilib, ulardagi haqiqat, yarimhaqiqat yoki yolg‘on ma’lumotlarni ajrata oladi, ortiqcha ma’lumotlarni o‘chiradi yoki kerakli kontekst qo‘shadi. «Grok ma’lumotni tahlil qilishda katta hisoblash qudratidan foydalanadi. U sahifalardagi haqiqatni yolg‘ondan ajratadi, xatolarni tuzatadi, to‘liq kontekst beradi. Bu Vikipediyadan sezilarli darajada kuchliroq bo‘ladi», — deya ta’kidladi Mask.

Teglar

Mavzuga oid