add

Ilon Mask: «Yaqin kelajakda odamlarning ishlashiga ehtiyoj qolmaydi»

23.10.2025 | 15:502941

Tesla asoschisi Ilon Mask fikricha, sun’iy intellekt va robotlar yaqin yillarda deyarli barcha ish o‘rinlarini egallab, inson mehnatini ixtiyoriy faoliyatga aylantiradi.

Ilon Mask: «Yaqin kelajakda odamlarning ishlashiga ehtiyoj qolmaydi»

Tesla hamda X kompaniyalari asoschisi Ilon Mask inson mehnati kelajagi haqida yangi bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) va robototexnika shiddat bilan rivojlanishi natijasida yaqin yillarda odamlar uchun ishlash zarurati deyarli yo‘qoladi.

Maskning ta’kidlashicha, kelajakda ish faoliyati «xuddi sabzavotni do‘kondan sotib olish o‘rniga o‘zingiznikini yetishtirish kabi ixtiyoriy mashg‘ulotga aylanadi». Uning fikricha, SI inson aqlining deyarli barcha sohalarini qamrab olishi va iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirishi kutilmoqda.

Bunday prognozlar oxirgi yillarda amaliy misollar bilan ham tasdiqlanmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada Channel 4 telekanali sun’iy intellekt orqali boshlovchilik qilgan ilk filmni namoyish etdi. Loyiha rahbari Luiza Kompton bu tajriba doimiy amaliyotga aylanmasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, bu ommaviy axborot sohasidagi yangi bosqich sifatida baholanmoqda.

Shuningdek, Texasdagi bir maktabda barcha o‘qituvchilar neyron tarmoqlar bilan almashtirilgani haqida xabar berilgan. Endilikda dars jarayonlarini sun’iy intellekt olib boradi va har bir o‘quvchiga individual yondashuv ta’minlanmoqda.

Bundan tashqari, AQSHda sud jarayonlarida odamlar tobora ko‘proq ChatGPT kabi chat-botlar yordamida o‘zini mustaqil himoya qilishni tanlayotgani ham qayd etilgan. Yuristlar fikricha, bu tendensiya sun’iy intellektning huquqiy sohadagi salohiyatini ochib bermoqda.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon to‘liq to‘xtab qolmaydi — ammo insoniyat oldida yangi etik va ijtimoiy muvozanatni topish vazifasi turibdi.

Teglar

Mavzuga oid