add

Indoneziyada nikohsiz aloqa uchun qamoq jazosi joriy etildi

03.01.2026 | 09:581 daqiqa

Indoneziyada yangi Jinoyat kodeksi kuchga kirib, nikohsiz ishqiy aloqa va birga yashash uchun bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi. Da’voni politsiya yoki begonalar kirita olmaydi.

Indoneziyada nikohsiz aloqa uchun qamoq jazosi joriy etildi

2026 yil 2-yanvar kunidan boshlab Indoneziyada yangi Jinoyat kodeksi kuchga kirdi. Unga ko‘ra, nikohsiz ishqiy aloqa yoki rasman turmush qurmasdan birga yashash jinoyat deb e’tirof etildi. Qonun faqat mamlakat fuqarolariga emas, balki xorijlik sayyohlarga ham tatbiq etiladi.

Yangi normalarga muvofiq, nikohdan tashqari intim munosabat yoki birga yashash holati aniqlansa, aybdor shaxs bir yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu qoidalar ilgari bu kabi holatlarga Bali orolida dam olayotgan sayyohlarga ham taalluqli hisoblanadi.

Shu bilan birga, ish qo‘zg‘atish huquqi cheklangan. Qonunga ko‘ra, shikoyatni faqat yaqin qarindoshlar — turmush o‘rtog‘i, ota-onasi yoki farzandlari berish huquqiga ega. Boshqa shaxslar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar mustaqil ravishda bunday ishlar bo‘yicha da’vo kirita olmaydi.

Yangi Jinoyat kodeksi Indoneziya parlamenti tomonidan 2022 yilda qabul qilingan bo‘lib, u hali mustamlaka davrida joriy etilgan qonunlarni almashtirdi. Hujjatda jami 345 betlik normalar joy olgan. Unda nafaqat nikohsiz munosabatlar, balki prezident va davlat hokimiyatini haqorat qilish, shuningdek, davlat mafkurasiga zid fikrlarni bildirish uchun ham javobgarlik belgilangan.

Qonun qabul qilinishi ortidan inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar mazkur o‘zgarishlarni keskin tanqid qilgan. Ular yangi normalar shaxsiy hayot daxlsizligi va fuqarolik erkinliklariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid