add

Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish bilan chiqish qildi

22.06.2025 | 13:3028113

22 iyun soat 03:45 dan 23 iyun 8:00 gacha Isroil hududida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. SAXAL ma’lumotiga ko‘ra, vaziyatning keskinlashgani sababli barcha ta’lim muassasalari yopiladi, ish joylariga chiqish ta’qiqlanadi.

Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish bilan chiqish qildi
Isroildagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi mamlakatdagi fuqarolarimizga maxsus murojaat bilan chiqdi. Unda Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL)ning so‘nggi xavfsizlik bo‘yicha ogohlantiruvlari va cheklovlari haqida ma’lumot berilgan. SAXAL xabariga ko‘ra, 22 iyun soat 03:45 dan 23 iyun soat 08:00 gacha mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar amalga kiritildi. Bu choralar mintaqadagi harbiy vaziyatning keskinlashuvi ortidan joriy etilgan. Yangi tartibga ko‘ra, avval «cheklangan faoliyat» deb belgilangan hududlarda endi faqat «zarur hollarda faoliyat»ga ruxsat beriladi. Barcha ta’lim muassasalari vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi. Shuningdek, barcha ishlab chiqarish korxonalari ham yopiladi. Faqat harbiy ehtiyojlar va aholining zarur mahsulotlari uchun ishlaydigan sektorlar bundan mustasno. Eng muhim cheklovlardan biri — ish joylariga chiqish butunlay TAQIQLANADI. Shunday ekan, yurtdoshlarimizning xavfsizlikka jiddiy yondashishlari talab etiladi, deyiladi murojaatda. Shuningdek, elchixona o‘z murojaatida fuqarolarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, rasmiy ma’lumotlarni doimiy kuzatib borishga va ayniqsa raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi. O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va zarur hollarda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid