add

Kam ta’minlangan oilalarga qariyb 82 mlrd so‘m QQS qaytarildi

Kecha 17:502381

Soliq qo‘mitasi 2025 yil boshidan beri «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan shaxslarga qaytarilgan QQS miqdorini ma’lum qildi.

Kam ta’minlangan oilalarga qariyb 82 mlrd so‘m QQS qaytarildi

2023 yil 1 maydan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan shaxslar chakana savdo ob’ektlaridan ayrim mahsulotlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga, 12 foiz QQS summasini qaytarib oladi.

2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 275 539 nafar iste’molchiga 81,8 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, respublika hududlari orasidagi eng katta ulush 22,9 mlrd so‘m bilan Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keldi. Shu jumladan, Toshkent shahrida 16,2 mlrd so‘m va Toshkent viloyatida 7 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 oktyabr holatida xaridorlarga umumiy qiymati 96,2 trln so‘mlik 2 mlrd 100,6 mln dona elektron chek berilgan.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilgan xaridorlarga avtomatik tarzda 518 mln dona elektron chek uchun 247 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Teglar

Mavzuga oid