add

Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaytiriladi

05.09.2025 | 16:0044193

Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaytirilib, o‘rta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga o‘tkaziladi.

Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaytiriladi
Senat Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengaytirishni ma’qulladi. Bu jarayonda Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralari ham o‘zgartiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi hozirda qariyb 95 ming kishini tashkil etadi. Har yili o‘rtacha 1,1 ming nafarga ko‘payish sur’ati qayd etilmoqda. Shuningdek, 4 mingga yaqin ro‘yxatdan o‘tmagan aholi va talabalar ham doimiy yashamoqda. Zichlik ko‘rsatkichi Samarqand viloyatida eng yuqori bo‘lib, 1 kvadrat kilometrga 9,5 ming kishi to‘g‘ri keladi. Shahar hududini kengaytirish doirasida Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1,9 ming gektar va Nurobod tumanidan 971 gektar yer maydoni Kattaqo‘rg‘on shahar tarkibiga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Nurobod tumanidan 600 gektar yer Kattaqo‘rg‘on tumani ixtiyoriga beriladi. Yangi chegaralar hisobidan Kattaqo‘rg‘on aholisi 2030 yilgacha 150 ming kishidan ortishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 50 gektarda «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi filiali hamda 30 gektarda 3 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Muhokamalardan so‘ng Senat mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.

Teglar

Mavzuga oid