Korxonalar soni yarim milliondan oshdi : so‘ngi 3 oy natijalari nimani ko‘rsatmoqda?
O‘zbekistonda 2026-yilning may holatiga ko‘ra, korxona va tashkilotlar soni yarim milliondan oshdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi.
© Foto: Наманган вилоят ҳокимлигиMilliy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyun holatiga mamlakatda 586,2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,5 mingtaga yoki 6,8 foizga ko‘paygan. Bu esa iqtisodiy faollik va tadbirkorlik subyektlari sonining o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
Eng ko‘p korxonalar poytaxtda joylashgan
Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahri ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Umumiy hisobda poytaxtda 111 ming 867 ta korxona va tashkilotlar joylashgan. Bu respublika bo‘yicha jami korxona va tashkilotlarning qariyb beshdan bir qismiga teng.

Toshkent (55 ming 401 ta ), Samarqand (54 ming 098 ta ), Farg‘ona (49 ming 851 ta ) viloyatlari korxonalar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni egallagan. Ushbu hududlar iqtisodiy faollikning yuqori va biznes infratuzilmasi nisbatan yaxshi rivojlangan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 45 ming 186 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Andijon va Buxoro viloyatlarida bu ko‘rsatkich mos ravishda 35 ming 920 ta va 35 ming 476 tani tashkil etgan.
Ro‘yxatning quyi qismidan esa Sirdaryo viloyati o‘rin olgan. Hududda jami 16 ming 617 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent bilan solishtirganda esa korxonalar soni ushbu ko‘rsatkich Sirdaryodagidan 7 barobarga ko‘p. Bu holat Sirdaryo aholi soni hamda ichki bozor hajmining nisbatan kamligi bilan izohlanadi.
3 oyda hududlarda qancha korxona ochildi?
Hudud | Mart | Aprel | May |
Toshkent shahri | 109 781 | 110 815 | 111 867 |
Toshkent viloyati | 54 542 | 54 874 | 55 401 |
Samarqand viloyati | 53 457 | 53 724 | 54 098 |
Farg‘ona viloyati | 49 303 | 49 410 | 49 851 |
Qashqadaryo viloyati | 44 221 | 44 492 | 45 186 |
Andijon viloyati | 35 524 | 35 605 | 35 920 |
Buxoro viloyati | 35 098 | 35 223 | 35 476 |
Namangan viloyati | 33 796 | 34 035 | 34 308 |
Xorazm viloyati | 32 512 | 32 895 | 33 137 |
Surxondaryo viloyati | 32 030 | 32 320 | 32 632 |
Qoraqalpog‘iston R. | 29 471 | 29 682 | 29 951 |
Jizzax viloyati | 26 741 | 26 916 | 27 210 |
Navoiy viloyati | 24 208 | 24 351 | 24 526 |
Sirdaryo viloyati | 16 522 | 16 509 | 16 617 |
Mart-maygacha bo‘lgan davrda Ozbekistonda korxona va tashkilotlar soni o‘sishda davom etdi. Eng katta ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, 3 oy davomida 2 ming 086 taga ko‘paydi. Toshkent viloyatida 859 ta, Samarqandda 641 ta va Qashqadaryoda 965 ta yangi korxona ishga tushirilgan.
Pasayish holati esa faqat Sirdaryo viloyatida kuzatildi. Xususan, aprelda mart oyiga nisbatan korxonalar 13 taga kamaygan, biroq may oyida 108 taga oshdi. 3 oy davomida jami 9 mingta yangi korxona va tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Umuman olganda, O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni barqaror o‘sib bormoqda. 3 oy davomida yangi korxonalar soni ortib, biznes faolligi kengaygani kuzatildi. Korxonalar asosan Toshkent shahrida ko‘payib, u yetakchiligini saqlab qolmoqda. Ayrim hududlarda sezilarli tebranishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy manzara ijobiy holatda.





