add

«Kreditga taqiq» xizmatidan asosan erkaklar  foydalanishmoqda

Bugun 07:583581

Fuqarolariga o‘z nomidan ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishga qaratilgan «kreditga taqiq» xizmatidan 4 oy ichida 150 mingga yaqin kishi foydalangan.

«Kreditga taqiq» xizmatidan asosan erkaklar  foydalanishmoqda

O‘zbekistonda «Kreditga taqiq» xizmati joriy etilganidan so‘ng 4 oy ichida undan foydalangan o‘zbekistonliklar soni 150 ming nafarga yaqinlashdi. Bu haqda axborot tizimi operatorlari ma’lum qildi.

Kredit axborot taxliliy markazi (KATM) — kredit brosi ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatni faollashtirganlarning 68 foizi erkaklardir. Yosh kesimi bo‘yicha eng faol foydalanuvchilar 26–35 yoshdagi insonlar hisoblanadi. Ular o‘z nomidan ruxsatsiz kredit bitimlari tuzilib ketmasligi uchun ushbu imkoniyatdan keng foydalanmoqda.

«Kreditga taqiq» xizmati fuqarolarga ularning ishtirokisiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olish imkonini beradi. Bu orqali shaxsiy ma’lumotlar va moliyaviy xavfsizlik darajasi sezilarli oshadi.

Xizmatni yoqish yoki o‘chirishning to‘rt usuli mavjud:

— «KATM» mobil ilovasi orqali;

portal.infokredit.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali;

my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;

— davlat xizmatlari markazlari orqali.

Ma’muriy ma’lumotlarga ko‘ra, «kreditga taqiq» xizmati mutlaqo bepul hisoblanadi. Moliyaviy muassasalar bu tizim orqali fuqarolar nomidan kredit rasmiylashtirishdan oldin avtomatik tekshiruvni amalga oshiradi.

Ekspertlar ta’kidlashicha, bu xizmat moliyaviy firibgarliklar va shaxsiy ma’lumotlar suiiste’molining oldini olishda muhim qadam bo‘lib, mamlakatda raqamli moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

«Kreditga taqiq» xizmatidan asosan erkaklar  foydalanishmoqda | Vaqt.uz