Logo

Kusherbayev yana yutqazdi

Kecha 22:362 daqiqa

Fuqaro Rasul Kusherbayev “zapravka”larda naqd pul qabul qilinmasligi oid birinchi instansiya sudi qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritgan. 17-iyul kuni Toshkent shahar sudi FIB sudlov hay’ati ushbu apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi.

Kusherbayev yana yutqazdi

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 1-apreldan bir qator tovarlar va xizmatlar uchun naqd to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlandi. Xususan, yonilg‘i quyish shoxobchalarida ham ushbu tartib joriy etilgan. Mazkur masala hamon ba’zi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

“Zapravka”larda naqd pul qabul qilinmasligi bo‘yicha fuqaro Rasul Kusherbayev yonilg‘i quyish shoxobchasini sudga bergandi. Birinchi instansiya sudi uning tadbirkor ustidan bergan shikoyatini qanoatlantirmagandi. Fuqaro Rasul Kusherbayev birinchi instansiya sudi qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritgan. 17-iyul kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ushbu apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi.

Vaqt.uz muxbirining xabar berishicha, sud hay’ati tomonidan OAV xodimlariga sud majlisida faqat audio yozuvga olishga ruxsat berilgan.

Da’vogar Rasul Kushirboyevning javobgar “Last and Grup” MCHJga nisbatan naqd pul mablag‘larini qabul qilishdan bosh tortishda ifodalangan xatti-harakatini noqonuniy deb topish, naqd pul mablag‘larini qabul qilish majburiyatini yuklash va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 2026-yil 3-iyuldagi hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati bo‘yicha sudlov hay’ati ajrim qildi. Mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, berilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi. Hal qiluv qarorining xulosa qismidan da’vogar Rasul Kusherboyevdan davlat daromadiga 824 ming so‘m undirishga oid qismi chiqarilishi belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid