add

«Lukoil»ning O‘zbekistondagi aktivlarini BAA kompaniyasi sotib olishi mumkin

Bugun 12:551722

AQSH sanksiyalariga duchor bo‘lgan Rossiya neft kompaniyasining O‘zbekistondagi aktivlari Abu Dabi Milliy neft kompaniyasi (Abu Dhabi National Oil Company, ADNOC)da katta qiziqish uyg‘otmoqda.

«Lukoil»ning O‘zbekistondagi aktivlarini BAA kompaniyasi sotib olishi mumkin

Rossiyaning «Lukoil» kompaniyasi chet eldagi barcha aktivlarini yaxlit holda sotishni rejalashtirmoqda. Xaridorlikka qiziqish bildirganlar orasida Abu-Dabi Milliy neft kompaniyasi (Abu Dhabi National Oil Company, ADNOS) hamda AQSHning Carlyle, Chevron va Exxon Mobil kompaniyalari bor. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, ba’zi potensial xaridorlar xorijiy aktivlarning faqat bir qismini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Jumladan, Chevron va Exxon «Lukoil»ning Iroqdagi «G‘arbiy Qurna-2» konidagi ulushini o‘rganmoqda, ADNOS uchun esa kompaniyaning O‘zbekistondagi aktivlari eng katta qiziqish uyg‘otyapti.


Sanksiyalar ostida qolgan «Lukoil»

AQSH Moliya vazirligi yaqinda «Lukoil» va uning shu’ba tuzilmalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Qo‘shma Shtatlar kompaniyaga operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Bu holat ortidan «Lukoil» o‘zining xalqaro aktivlarini sotish rejasini bildirgandi.

Avvalroq Shveysariyaning Gunvor Group treyderi «LUKOIL International GmbH»ni sotib olish bo‘yicha taklif bergan, ammo 7-noyabr kuni kompaniya bu rejadan voz kechganini ma’lum qildi. Bu qaror AQSH Moliya vazirligi Gunvor'ni Rossiya bilan aloqalar haqida ogohlantirganidan keyin qabul qilingan.

Avvalroq Yaqinda AQSH Moliya vazirligi Amerikaning yangi sanksiyalar paketiga «Lukoil» va uning shu’ba tuzilmalarini kiritdi. Qo‘shma Shtatlar «Lukoil» va uning 50 foizi va undan ko‘p ulushga ega bo‘lgan shu’ba korxonalari bilan operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Shundan so‘ng, «Lukoil» cheklov choralari joriy etilishi munosabati bilan o‘zining xalqaro aktivlarini sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

30-oktabr kuni «Lukoil» Gunvor group xalqaro neft treyding kompaniyasidan Rossiya kompaniyasining xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi LUKOIL International GmbH kompaniyasini sotib olish bo‘yicha taklif olganini e’lon qildi. Ta’kidlash joizki, Shvetsariyaning Gunvor Group xomashyo treyderiga rossiyalik oligarx Gennadiy Timchenko va uning shvetsiyalik hamkori Torbern Ternkvist asos solgan.

Biroq, 7-noyabr kuni Gunvor o‘z taklifini qaytarib olishini ma’lum qildi. Kompaniya ushbu bayonotni AQSH Moliya vazirligi uning Rossiya bilan aloqalari haqida xabar berganidan va Rossiya-Ukraina urushi davom etayotgan bir paytda Gunvor biznes yuritish uchun litsenziya olmasligi to‘g‘risida ogohlantirganidan so‘ng berdi.

«Lukoil» 11 mamlakatda, jumladan, Bolgariya, Ruminiya va Niderlandiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi AYQSH tarmog‘i, Ozarboyjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Iroq, Misr, BAA, shuningdek, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neft qazib olish loyihalari kabi aktivlarga egalik qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

«Lukoil»ning O‘zbekistondagi aktivlarini BAA kompaniyasi sotib olishi mumkin | Vaqt.uz