
Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
31.08.2025 | 12:2915322
2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga qabul natijalari ma’lum qilindi.

2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha natijalar e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ariza yo‘llagan talabgorlarning hujjatlari to‘liq ko‘rib chiqilgan. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, joriy yil magistratura uchun kunduzgi, kechki va masofaviy shakllarda jami 21 949 ta o‘rin ajratildi. Xususan, xorijiy va xususiy OTM talabalari uchun 1 320 ta, xotin-qizlar uchun 4 000 ta grant ajratildi.





