
Mikrokreditbank: odamlar xizmatdan rozimi?
Mikrokreditbank xizmatlaridan foydalanuvchi aholi vakillari bilan suhbatlashdik. Bank haqida turli fikrlar bor, ko‘p mijozlar xizmat sifati, kredit shartlari va qulay imkoniyatlardan mamnun ekanini ta’kidlamoqda. Xo‘sh, Mikrokreditbank haqiqatan ham aholi ishonchiga sazovormi?
Mikrokreditbank — aholi va kichik biznes vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan bank bo‘lib, u tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish uchun mikrokreditlar, imtiyozli kreditlar hamda moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.
Bugungi kunda bank respublika bo‘ylab 22 ta Bank xizmatlari ofisi, 104 ta Bank xizmatlari markazi, 1 217 ta bo‘lim va 821 ta bankomat orqali aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bank tizimida 3 347 nafar malakali xodim faoliyat yuritadi.
Mikrokreditbank o‘z mijozlariga aksiya doirasida 0 foizdan 30 foizgacha bo‘lgan kreditlarni taklif etmoqda. Ta’kidlash joizki, bankdagi kredit foizlari ko‘plab boshqa banklarga nisbatan qulayroq.
Bank xizmatlaridan foydalanayotgan aholi vakillari bilan suhbatlar jarayonida ko‘pchilik Mikrokreditbankdan mamnun ekanini, ayrimlari esa ushbu bankning uzoq yillik mijozi ekanini ta’kidladi. Ularning aytishicha, xizmatlar tezkor, shartlar tushunarli va bank xodimlari mijozlarga doimo yordam berishga tayyor.
Shuningdek, Mavrid mobil ilovasi orqali kundalik moliyaviy xizmatlardan onlayn tarzda foydalanish imkoniyati yaratilgan. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, pul o‘tkazmalari, mikroqarzlar, omonatlar va boshqa xizmatlar qulay tarzda taqdim etiladi. Jamoat transportida maxsus chegirmalar va 5 million so‘mgacha bepul o‘tkazmalar ham mijozlar uchun qo‘shimcha qulaylik hisoblanadi.
Ilovani o‘rnatib, Mikrokreditbank mijozi bo‘lish, shuningdek Uzcard Sherdor Premium, Visa va Mastercard kartalariga buyurtma berish mumkin.
Mikrokreditbank zamonaviy infratuzilma, tajribali jamoa va mijozlar ishonchiga tayangan holda aholiga hamda tadbirkorlarga sifatli va qulay moliyaviy xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
Teglar






