add

Milliardlab Android smartfonlarda xavfli nuqsonlar aniqlandi

09.09.2025 | 09:0034253

CERT-In mutaxassislari milliardlab Android smartfonlarda xavfli dasturiy nuqsonlar aniqlaganini ma’lum qildi. Google bu borada shoshilinch tuzatishlar chiqardi.

Milliardlab Android smartfonlarda xavfli nuqsonlar aniqlandi
Hindistonning kompyuter xavfsizligi bo‘yicha milliy agentligi CERT-In milliardlab Android smartfonlarda xakerlar tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli dasturiy nuqsonlarni aniqladi. Bu haqda Gadgets 360 nashri xabar berdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, nuqsonlar Android ekotizimining o‘nlab tarkibiy qismlarida — Framework, Android Runtime, System, Widevine DRM, Project Mainline, Kernel, Arm Components, Imagination Technologies, MediaTek va Qualcomm chiplari tizimida mavjud. Ushbu nuqsonlar Android’ning 13, 14, 15 va 16 versiyalarida kuzatilgan. Mutaxassislar ogohlantirishicha, ushbu tizimiy kamchiliklar orqali xakerlar smartfonda yuqori darajadagi huquqlarga ega bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarzda olishi mumkin. Ushbu xavfga deyarli barcha yangi smartfonlar duch kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. CERT-In barcha ma’lumotlarni Google kompaniyasiga taqdim etgan. Korporatsiya bu kabi tahdidlarga javoban maxsus patch (patch) tuzatishlarini chiqargan va ular orqali ko‘plab qurilmalarda mavjud muammolar bartaraf etilgan. Jurnalistlar va mutaxassislar smartfon egalariga o‘z qurilmalarini tezlikda yangilab, xavfsizlik bo‘yicha oxirgi patchlarni o‘rnatishni tavsiya qilmoqda. Yangilanishsiz qolgan qurilmalar shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi kabi jiddiy xavflarga duch kelishi mumkin.
Avvalroq Google kompaniyasi Android foydalanuvchilarini himoya qilish maqsadida 2026 yildan noma’lum ishlab chiquvchilarning ilovalarini bloklashni boshlasha haqida xabar bergan edik.
 

Teglar

Mavzuga oid