add

Mirziyoyev AQSHdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

25.09.2025 | 11:0032923

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka tashrifi yakunida vatandoshlar va «El-yurt umidi» stipendiatlari bilan muloqot qilib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Mirziyoyev AQSHdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi
Mirziyoyev bilan bo‘lgan suhbat jarayonida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishda vatandoshlar ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar va yoshlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratish maqsadida «Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni»ga start berildi. Ishtirokchilar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida savdo, investitsiya, ilm-fan va ta’lim sohalarida aloqalarni mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirdi. Prezident barcha tashabbuslar vazirlik va idoralar tomonidan atroflicha o‘rganilishi va eng istiqbollilari amaliyotga tatbiq etilishini ta’kidladi. Aqshdagi talaba Davlat rahbari AQSHda tahsil olayotgan «El-yurt umidi» stipendiatlari soni 500 nafardan oshib borganini qayd etdi. U iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidlab, talabalarga muvaffaqiyat tiladi. Avvalroq Vaqt.uz tahririyatiga «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiantlarining Telegram guruhida o‘tkazilgan va jamg‘armaning raqamlashtirish hamda data analitika bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Qaynarbekovga tegishliligi aytilgan audio yetib kelgan edi.
«20 foiz bitiruvchi ishsiz, 30 foizi esa oddiy mutaxassis» — deyiladi audioda.

Teglar

Mavzuga oid