
Namangan va Farg‘onada zilzila sodir bo‘ldi
Bugun 19:102281 daqiqa
Bugun Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kuchsiz zilzila sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

7-dekabr kuni soat 16:31 da O‘zbekistonda epitsentri Pop tumanida bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, epitsentrda sezilish kuchi 3 ball, magnituda 3,3 va chuqurlik 14 km ekanligi ma’lum bo‘ldi. Epitsentr Toshkentdan 135 km janubi-sharqda joylashgan.
Ta’kidlanishicha, sodir bo‘lgan yer silkinishi quyidagi hududlarda sezildi:
Namangan viloyati Pop tumanida 2−3 ball;
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 2 ball.
Avvalroq, 6-dekabr kuni soat 02:04 da Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 2−3 balli zilzila kuzatilgan edi.





