Logo

Netanyaxu G‘azo sektoriga bordi

Bugun 08:301 daqiqa

Isroil bosh vaziri «sariq chiziq» yaqinida muhim bayonot berdi.

Netanyaxu G‘azo sektoriga bordi © Videodan kadr

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 2-sentabr kuni G‘azo sektoridagi Isroil armiyasi pozitsiyalariga borib, «sariq chiziq» hududida bayonot berdi. U Isroil G‘azo sektori hududining 60 foizini nazorat qilayotganini va egallangan pozitsiyalardan chekinmasligini ta’kidladi.

«Biz bu hududni nazorat qilyapmiz. Biz chekinmayapmiz. Biz shu chiziqda qolamiz. Biz sektorning 60 foizini nazorat qilamiz va bu hali hammasi emas», — dedi Netanyaxu.

Bosh vazirga Isroil mudofaa armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir, Janubiy qo‘mondonlik rahbari Yaniv Asor va 99-diviziya qo‘mondoni Elad Suri hamrohlik qilgan.

U, shuningdek, Isroilning asosiy maqsadlari – HAMASni qurolsizlantirish va G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish ekanini da’vo qilib, bu yo‘lda barcha chora-tadbirlarni ko‘rishda davom etishini ta’kidladi.

«G‘azo boshqa hech qachon Isroilga tahdid solmaydi. Bu maqsadga katta darajada erishildi. Ishni oxiriga yetkazish qoldi, biz buni albatta uddalaymiz», – dedi Netanyaxu.

Teglar

Mavzuga oid