add

Nukus–Taxtako‘pir yo‘lida 15 mlrd so‘mlik ta’mir boshlandi

27.08.2025 | 20:208732

Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga olib boruvchi D234 «Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lining 59 kilometrlik qismini ta’mirlash ishlari uchun 15 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Nukus–Taxtako‘pir yo‘lida 15 mlrd so‘mlik ta’mir boshlandi
Nukus — Chimboy — Taxtako‘pir yo‘lini ta’mirlashga 15 milliard so‘m ajratildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, hozirda umumiy uzunligi 59 kilometr bo‘lgan yo‘lning 17–18-kilometrida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishlarga oltita zamonaviy texnika va 13 nafar ishchi jalb qilingan. «Ta’mir jarayonlari bosqichma-bosqich tashkil etilgani sababli yo‘l harakatiga katta noqulayliklar yuzaga kelmasligi ko‘zda tutilgan. Yo‘l ta’mirlanishi natijasida hududlar o‘rtasidagi transport aloqalari yaxshilanishi, aholi uchun kundalik qatnov imkoniyatlari osonlashishi va iqtisodiy jarayonlar faolligi oshishi kutilmoqda», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid