
Nurafshon shahrida 7 oktyabrdan ikki yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushadi
06.10.2025 | 15:3032852
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida fuqarolar qulayligi uchun ikki yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi. Transport vositalari har kuni 06:00 dan 22:00 gacha qatnaydi.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 7 oktyabrdan boshlab yangi jamoat transporti yo‘nalishlari ishga tushadi. Loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2024 yil 5 noyabrdagi 384-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yangi avtobus yo‘nalishlarining asosiy maqsadi — aholi uchun qulay, xavfsiz va arzon transport xizmatini ta’minlashdir. Marshrutlar shaharning aholisi zich tumanlarini bir-biri bilan bog‘lab, yo‘lovchilar harakatini yengillashtirishi kutilmoqda.
Birinchi yo‘nalish — «Qorasuv – Burgalik» marshruti bo‘lib, shaharning muhim mahallalari orqali o‘tadi. Ikkinchi yo‘nalish esa «Makro» supermarketidan boshlanib, Bobur ko‘chasi, Degantepa mahallasi va Nurafshon City orqali harakatlanadi.
Avtobuslar har kuni soat 06:00 dan 22:00 gacha qatnaydi. Mutaxassislar aytishicha, yo‘nalishlar aholining kundalik ehtiyojlariga mos ravishda shakllantirilgan bo‘lib, ish, ta’lim va savdo markazlariga tez yetib borish imkonini beradi.





