add

OIIB O‘zbekistonda 500 kmdan ortiq yo‘lni ta’mirlashni qo‘llab-quvvatlaydi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi umumiy 516 km yo‘lni kapital ta’mirlash loyihasini moliyalashtirish niyatida. Bu kelishuv Transport vazirligidagi uchrashuv paytida erishildi.

OIIB O‘zbekistonda 500 kmdan ortiq yo‘lni ta’mirlashni qo‘llab-quvvatlaydi
Transport vazirligining ma’lum qilishicha, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 328 km va Xorazm viloyatida 188 km yo‘l to‘liq ta’mirlanadi. Loyiha ayni paytdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratishga qaratilgan. Tegishli kelishuv Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov va OIIBning investitsiya bloki rahbari Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya ishtirokidagi muzokaralar davomida erishildi. Uchrashuvda tomonlar mazkur loyihaning texnik va moliyaviy jihatlarini muhokama qildi hamda loyihani tez fursatda amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi. Ta’kidlanishicha, bank tomonidan taqdim etiladigan mablag‘lar xalqaro standartlarga muvofiq ravishda o‘zlashtiriladi. Mazkur hamkorlik bankning O‘zbekiston infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor strategiyasining bir qismidir. Loyiha amalga oshsa, yo‘l tarmog‘i sifatining yaxshilanishi hududiy aloqalar va iqtisodiy faollikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid