add

Onlayn firibgarlik ko‘payishi ortidan Telegram taqiqlandi

19.07.2025 | 10:4012873

Nepal hukumati Telegram messenjeri orqali onlayn firibgarlik holatlari ko‘paygani sababli ushbu platformani mamlakat hududida bloklashga qaror qildi. Mamlakat telekommunikatsiya xizmat ko‘rsatuvchilariga ilovaga kirishni darhol cheklash buyrug‘i berildi.

Onlayn firibgarlik ko‘payishi ortidan Telegram taqiqlandi
2025 yil 18 iyul kuni Nepal Telekommunikatsiya Idorasi mamlakatda faoliyat yurituvchi barcha telekommunikatsiya xizmat ko‘rsatuvchilarga Telegram messenjeriga kirishni zudlik bilan bloklash bo‘yicha rasmiy buyruq yubordi. Bayonotda ta’kidlanishicha, Nepalda Telegram orqali amalga oshirilayotgan onlayn firibgarlik holatlari ortib borISHI kabi jiddiy jinoyatlarda mazkur ilova ishtirok etayotgani aniqlangan. Shu sababli, barcha xizmat ko‘rsatuvchilar Telegram’ga kirishni darhol yopishi talab qilingan. Nepal rasmiylari bu jinoyatlar soni yoki aniq holatlar haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Ammo so‘nggi yillarda Telegram platformasi xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi bilan bog‘liq bahslarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, 2023 yili Nepalning yetakchi banklari foydalanadigan F1 Soft dasturi xakerlikka uchraganida, tergovchilar Telegram orqali axborot almashinuvi amalga oshirilganini aniqlashgan. Bu holatdan so‘ng mamlakatda messenjerlarga nisbatan nazorat kuchaytirildi. Bundan avval, 2024 yil may oyida Vetnam hukumati ham Telegram’ni taqiqlagan edi. Vetnam rasmiylari ilovani davlatga qarshi hujjatlar tarqatish va «reaksion faoliyat»da ayblagan. Telegram jahondagi eng ommabop shifrlangan xabar almashish platformalaridan biri bo‘lib, uning foydalanuvchilari soni 1 milliardga yaqin. Kompaniya asoschisi Pavel Durov Fransiyada «ekstremistik kontentni cheklamagani» uchun ayblanib, mamlakatni tark etish huquqisiz ushlab turilmoqda. 2025 yil boshiga kelib, Nepalda internet foydalanuvchilar soni 16,5 million nafarni tashkil etgan va mamlakatda internet qamrovi 55,8 foizni tashkil qilgan.

Teglar

Mavzuga oid