add

O‘qituvchilarga endi o‘quvchilarning uyiga borib dars berganda kompensatsiya to‘lanadi

Kecha 11:06651 Daqiqa

Bu to‘lov maktabdan o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 km bo‘lganda hamda o‘quv soatlari miqdoriga qarab to‘lanadi.

O‘qituvchilarga endi o‘quvchilarning uyiga borib dars berganda kompensatsiya to‘lanadi

24-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 740-sonli qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, uyda yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilarni, shu jumladan, 1 xil yoshdagi va 1 ta manzildagi 2 va undan ortiq o‘quvchilarni o‘qitganlik uchun maktab o‘qituvchilariga BHMning 1 baravari miqdorida oylik yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda bazaviy hisoblash miqdori(BHM) 412 ming so‘mni tashkil etadi.

Yo‘l uchun kompensatsiya maktabdan ushbu o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 km bo‘lganda hamda o‘quvchiga biriktirilgan bir nechta o‘qituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda o‘tkazadigan o‘quv soatlari ulushidan kelib chiqib, uyda o‘qitilayotganlarning o‘quv rejasidagi o‘quv soatlari miqdoriga mutanosib to‘lanadi.

Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi hamda tibbiyot hamshiralari vaqtincha ishda bo‘lmagan davrda ularning vazifasini bajarish uchun ichki buyruqlar o‘rindoshlik asosida rasmiylashtiriladi.

Bunda bajarilgan ish uchun 100 foiz miqdorda (boshqa lavozimlar uchun 50 foiz miqdorda) ish haqi to‘lanadi. Bu holatda o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritgan xodimning jami ish yuklamasi 1,5 stavkadan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Teglar

Mavzuga oid