add

O‘zbekiston supermarketlarida o‘rtacha ish haqi qancha?

02.07.2025 | 19:0028293

O‘zbekistondagi yirik supermarketlar tarmog‘ida o‘rtacha oylik ish haqi 5,8 mln so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston supermarketlarida o‘rtacha ish haqi qancha?
O‘zbekistondagi yirik supermarketlar tarmog‘ida ish haqi miqdori e’lon qilindi. Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida supermarketlar xodimlarining o‘rtacha oylik maoshi 5,8 mln so‘mga teng bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, «Korzinka» supermarketlar tarmog‘ida xodimlar o‘rtacha 6,5 mln so‘m maosh olmoqda. Ushbu tarmoqda 13 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda, bu boshqa supermarketlarga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa supermarketlarda ish haqi quyidagicha shakllanmoqda: «Baraka» — 5,3 mln so‘m, «Magnum» — 5,1 mln so‘m, «Makro» — 5 mln so‘m, «Havas» — 4,4 mln so‘m, «Olma» — 4,3 mln so‘m va «Bi1» — 4,1 mln so‘m. Jami 22,7 ming nafar fuqaro supermarketlar tarmog‘ida ish bilan band. Besh oylik davrda ular uchun to‘langan ish haqi jami 655,3 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 311,3 mlrd so‘mi 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga to‘g‘ri kelgan. Ayni paytda sohani raqamlashtirish orqali ma’lumotlarni hududlar va savdo nuqtalari kesimida kuzatish imkoniyati yaratilmoqda. Bu jarayon orqali noqonuniy aylanmalar kamaytirilishi va biznes jarayonlari shffofligini oshirish maqsad qilingan.

Teglar

Mavzuga oid