O‘zbekistonda 12 ball jarima to‘plagan birinchi haydovchi aniqlandi

Bugun 17:501 daqiqa

O‘zbekistonda jarima ballari tizimi doirasida 12 ball to‘plagan ilk haydovchining ishi sudga yuborildi, u haydovchilik huquqidan ma’lum muddatga mahrum etilishi mumkin.

O‘zbekistonda 12 ball jarima to‘plagan birinchi haydovchi aniqlandi

O‘zbekistonda jarima ballari tizimi joriy etilganidan so‘ng ilk bor 12 ball to‘plagan haydovchi aniqlandi va uning ishi sudga oshirildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur haydovchi bir yil davomida 12 ball to‘plagan. Amaldagi tartibga ko‘ra, bu holat haydovchilik guvohnomasini sud orqali bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

Haydovchining o‘zi tizimning amalda ishlashiga avval ishonmaganini, ammo rasmiy ma’lumotlar bilan tanishgach, uning haqiqatda qo‘llanilayotganiga ishonch hosil qilganini bildirgan.

YHXX ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha respublika bo‘ylab yana 11 nafar haydovchiga nisbatan 8 balldan 10 ballgacha jarima ballari hisoblangan.

Ularning besh nafari Toshkent shahrida, uch nafari Surxondaryo viloyatida, qolganlari esa Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatida qayd etilgan.

Jarima ballari tizimi 2025 yil 1-iyundan boshlab joriy etilgan. Dastlab yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan tuzilgan bayonnomalar asosida ballar hisoblangan.

2026 yil 1-apreldan esa avtomatik kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun ham ballar qo‘shila boshladi. Ular orasida svetoforga bo‘ysunmaslik, tezlikni oshirish va qarshi yo‘nalishda harakatlanish kabi qoidabuzarliklar bor.

Tizimga ko‘ra, haydovchi 8 ballga yetganda S orqali ogohlantiriladi, 12 balldan oshganda esa haydovchilik huquqi sud tartibida bekor qilinadi va uni qayta tiklash uchun qayta o‘qish hamda imtihon topshirish talab etiladi.

Teglar

Mavzuga oid